11:52 / 11.01.2024
4806

Samarqand viloyati aholisi 4,2 milliondan oshdi

Shuningdek, Farg‘ona viloyati aholisi ham ilk bor 4 million kishidan oshgan.

Foto: Kun.uz

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi qariyb 36,8 million nafarga yetgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, agentlik hududlar aholisi qanchaga yetganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxatni Samarqand viloyati boshqarmoqda. Bu viloyat aholisi 4,2 milliondan oshgan.

Ikkinchi o‘rinda joylashgan Farg‘ona viloyati aholisi ilk bor 4 milliondan oshdi va hozirda 4 mln 61 ming kishini tashkil etmoqda. 2023 yil 1 yanvar holatiga viloyat aholisi 3 mln 955 ming 700 kishi bo‘lgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 mln 2 ming 700 kishi;
  • Andijon viloyati – 3 mln 394 ming 400 kishi;
  • Buxoro viloyati – 2 mln 44 ming kishi;
  • Jizzax viloyati – 1 mln 507 ming 400 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 mln 560 ming 600 kishi;
  • Navoiy viloyati – 1 mln 75 ming 300 kishi;
  • Namangan viloyati – 3 mln 66 ming 100 kishi;
  • Samarqand viloyati – 4 mln 208 ming 500 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 2 mln 877 ming 100 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 914 ming kishi;
  • Toshkent viloyati – 3 mln 51 ming 800 kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 4 mln 61 ming 500 kishi;
  • Xorazm viloyati – 1 mln 995 ming 600 kishi;
  • Toshkent shahri – 3 mln 40 ming 800 kishi
Top