14:51 / 04.05.2024
3426

O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Hindiston sog‘liqni saqlash sohasining yetakchi muassasalari bilan hamkorlikni faollashtirmoqda.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev Tamil Nadu shtati ma’muriy markazi markazi – Chennay shahriga amaliy tashrifi doirasida Dr. Rela ko‘ptarmoqli shifoxonasi ijrochi direktori Ilankumaran Kaliamurti bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

O‘zaro muloqot chog‘ida Hindistonning Aakash va Pratiksha ko‘ptarmoqli shifo maskanlarining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyati, mamlakat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 5 ming nafardan ko‘proq hind yigit-qizlari ta’lim olayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Ilankumaran Kaliamurti O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan yangilanish jarayonidan xabardorligini ma’lum qilib, sog‘liqni saqlash sohasida birgalikda ishlash istiqbollaridan manfaatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda Dr. Rela ko‘ptarmoqli shifoxonasi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi va shu maqsadda birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid
Top