22:02 / 15.05.2024
3992

AQSh Kongressida migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, aholi kamayishi ma’lum qilindi

2040 yilga borib Qo‘shma Shtatlarda o‘lim darajasi tug‘ilish darajasidan oshib ketadi va migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, mamlakat aholisi kamayishni boshlaydi. 

Foto: AP

Bu haqda AQSh Kongressi Budjet byurosining 13 maydagi hisobotida aytiladi. Qonun chiqaruvchi organdagi ushbu federal agentlik Kongress a’zolariga iqtisodiy ma’lumotlar, hisob-kitoblar va prognozlarni taqdim etadi. 

Hujjat mualliflari, shuningdek, 2054 yilda AQSh umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 172 foizini, yaqin o‘n yil ichida federal qarzi esa 116 foizni tashkil etishini ta’kidlagan. 

Shu bilan birga, o‘tgan yili departament 2053 yilga borib, davlat qarzi hajmi YaIM 181 foizini tashkil etishini bashorat qilgan edi. Hujjatda tushuntirilishicha, ekspertlar prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan qadamlar munosabati bilan kutilgan ko‘rsatkichni kamaytirishga qaror qilishgan.

Top