23:35 / 16.05.2024
4753

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 1,4 trln so‘mdan oshdi 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi soliqlardan eng ko‘p qarzdor ekani ma’lum bo‘ldi. 

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2024 yil 1 may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzlari 100 mln so‘mdan yuqori korxonalar soni 1116 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi 1,4 trln so‘mdan oshgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, shundan, 477,3 mlrd so‘mi, ya’ni 32,1 foizi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Soliqlardan eng ko‘p qarzdor korxona Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib, qarzi 171 mlrd so‘mdan oshgan.  

 

Mavzuga oid
Top