08:18 / 14.05.2024
10482

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar ma’lum qilindi 

2024 yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.

Foto: NKMK

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Fiskal tahlillar Telegram-kanaliga ko‘ra, 2024 yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.

Shundan 16,2 trillion so‘mi davlat ulushi mavjud top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi. 

Ushbu o‘nlikda soliq to‘lovlari bo‘yicha “Navoiy kon metallurgiya kombinati” yetakchilik qilmoqda – 7,7 trillion so‘mdan ziyod. 

2,5 trillion so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Mazkur reytingda “Uz BAT” – 843 milliard so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Avvalroq qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 090 ta yuridik shaxs tomonidan 2024 yil yanvar-mart oylarida 2,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagani haqida xabar berilgandi.

Top