«Gözal peşayvon nimalarni tösgan?» - ÖFFdagi yakka hokimçilik va qarindoş-uruğçilik haqida
|21:52 / 20.04.2017111 10217 min
Anhor.uz saytida taniqli futbol eksperti Alişer Aminovning «Özbekiston futboli: gözal peşayvon nimalarni tösib turibdi?» sarlavhasi ostida intervyusi e'lon qilindi. Avvalroq ham şu sayt Alişer Aminov bilan intervyu uyuştirgan va suhbat davomida futbolimizdagi oğriqli holatlar tilga olingan edi.
Alişer Aminov futbol jamoatçiligimizga, muxlislarimizga bir qadar taniş şaxs. Keling, uşbu mutaxassisning tarjimai holini yana bir eslab ötsak.
Alişer Anatoleviç Aminov 1962 yilda Toşkentda tuğilib, katta bölgan. Sobiq ittifoq çempionati davrida ikkinçi va birinçi liga klublarida işlagan. Özbekiston savdo vazirligida işlagan. 2008 yilda «Kadrlar riski boşqaruvçi tizimi sifatida kadrlar menejmenti rivoji» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Rossiya futbol ittifoqida futbolni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş qömitasi tuzilişida boş-qoş bölgan.
Foto: Alişer Aminov
2010 va 2015 yillarda Rossiya futbol ittifoqi prezidentligi uçun saylovda kuraşgan.
Endi e'tiboringizga intervyuning eng muhim qismlaridan parçalar havola etamiz:
Anhor.uz: - Oldingi intervyungizda özbek futbolidagi holatga tanqidiy baho berib, tizimli xarakterdagi muammolarni oçib taşlagan edingiz. Davlat hokimiyati va futbol jamoatçiligining reaksiyasini kutyapsizmi?
Alişer Aminov: - Hozirça reaksiya yöq. Aynan muloqotning yöqligi, jamoatçilik hali tizimli muammolarni muhokama etişga tayyor emasligini bildiradi. Buning hayron qolarli joyi ham yöq. Futbol sub'yektlari uzoq yillar davomida ÖFF e'tiboridan çetda qolgan, muhim qarorlarning absolyut katta qismi federatsiya prezidenti tomonidan yakka qabul qilingan.
Şularni e'tiborga olib, yana qaytaraman: faqatgina ÖFF faoliyatini demokratlaştiriş, professionallik prinsiplarini joriy etiş, qarorlarni qabul qilişda oşkoralik va jamoaviylik tomon yöl tutiş futbol jamoatçiligi rolini va uning respublika futbol hayotidagi nufuzini oşiradi.
- Şunday fikrlar borki, ÖFF prezidenti Mirabror Usmonov öziga voris etib öğli Jahongirni — futzal assotsiatsiyasi vitse-prezidentini tanlagan emiş...
Mavzuga oid
- Bu sizni hayron qoldiryaptimi? Meni esa yöq. Sobiq SSSRning deyarli barça mamlakatlari futbol federatsiyalari boşqariş uslubi bilan bir-biridan keskin farqlanmaydi. Ularning «umumiy jihati» — futbol hokimiyatining davlat rahbarining qarindoşlari, yaqin döstlari yoki kamida safdoşlari tomonidan egallab olinganidir. Masalan, Qozoğistonda prezident Nazarboyevning hozir marhum kuyovi futbolni boşqargan, endi esa QFF rulida (vitse prezident sifatida) — prezidentning yana bir qarindoşi. Tojikistonda futbol bilan prezident Imomali Rahmonning öğli Rustam şuğullanadi. Ozarboyjonda esa — «Sokar» davlat neft kompaniyasi rahbari. Rossiyada prezident Putinning döstlari. Belarus va Turkmanistonda ham şunga öxşaş holatlar.
- Nega siz Jahongir Usmonov ÖFFni boşqarişga qodir emas, deb hisoblaysiz? Axir futzal assotsiatsiyasining maqtanişga arzigulik natijalari bor emasmi?
- Ba'zi bir mutaxassislar uning Özbekiston futzal assotsiatsiyasi rahbarligidagi faoliyatini ijobiy baholaşadi, ayniqsa, terma jamoaning jahon çempionatining final qismiga yöllanma olganini buyuk natija sifatida körişadi. Öz-özidan tuşunarliki, milliy terma jamoaning xalqaro turnirlardagi iştiroki — har qanday federatsiya hayotining gözal peşayvoni hisoblanadi.
Agar futzal böyiça JÇ-2016da Osiyo qit'asiga kvotalar soni keskin oşirilgani — 5ta yöllanma taqdim etilgani hisobga olinsa, bu natijani rivojlaniş, deb atab bölarmikan? Ya'ni, terma jamoa oldidagi vazifa ança osonlaşgandi: Toşkentda ötadigan Osiyo çempionatida kuçli beşlikdan örin olinsa bas. Undan oldingi yillar mobaynida Toşkentda ikki bor futzal böyiça Osiyo çempionati ötkazilgan va har ikkisida Özbekiston finalda öynagan. Öz-özidan aniqki, bu safar ham uddalaşdi.
Fikrimça, jahon çempionatiga çiqiş — kiçik Usmonov taşabbusi bilan 6 yildan buyon xorijiy mutaxassislar şuğullantirayotgan Özbekiston terma jamoasi uçun minimum vazifa hisoblanadi.
- Maksimum vazifa-çi?
- Final bosqiçida heç bölmaganda guruhdan çiqiş. Biroq juda omadli qur'aga qaramasdan, Kolumbiyada Özbekiston hattoki Panamaga ham yutqazib, guruhda sönggi örinni egalladi.
- Ya'ni futzalimiz ham «katta akasi»dan köp ham uzoqqa ketmagan?
- ÖFA sönggi 10 yil içida mamlakatda futzalni tarğibot qiliş uçun heç narsa qilgani yöq. Çempionat va kubok öyinlari bir tur usuli bilan, köpinça Toşkentda ötkaziladi. Ya'ni viloyatdagi muxlislar öz jamoalarini oylab körişmaydi, poytaxtdagilar esa kirişmaydi. Har kuni öynagandan söng qanday maşğulot jarayoni haqida gap bölişi mumkin? Tiklaniş va taktik tahlil uçun vaqt umuman bölmaydi.
- Sizda bu borada ijobiy misollar bormi?
- Misollar köp. Rossiyada, masalan, çempionat uy-safar tizimida taşkil etilgan, turlar dam oliş kunlari ötkaziladi. Bundan tomoşa qiliş uçun qulay vaqtga ega bölgan muxlis ham, öyinini takomillaştiriş imkoniyatiga ega bölgan jamoalar ham yutadi.
Menga Rossiya va Özbekiston klublarining moliyaviy imkoniyatlarini taqqoslab bölmaydi, deya e'tiroz bildirişlari mumkin. Yaxşi, lekin qöşni Qirğiziston va Tojikistonda ham çempionatlar şunday sxemada ötadi-ku? Lekin u yerda heç kim çeklangan moliyaviy imkoniyatlar haqida söz oçmaydi. Darvoqe, Osiyo futbol konfederatsiyasi bu mamlakatlarda futzalni rivojlantirişdagi muvaffaqiyatlarni tan oldi va ularga klublar örtasidagi qit'a birinçiligida qatnaşiş uçun joy taqdim etdi. Özbekiston esa hozirça terma jamoaning avvalgi öyinlari şarofati bilan öz pozitsiyalarini saqlab qolmoqda.
Tabiiyki, bunday «natijalar» qatnaşuvçilarda ham, muxlislarda ham şunday ajoyib sport turiga bölgan qiziqişni söndiradi. ÖFAda texnik rivojlantiriş böyiça biror jöyali reja ham, tölaqonli murabbiylar maktabi ham yöq. Şu sababli, yanada kattaroq taşkilotga rahbar bölgan qoloq assotsiatsiya prezidenti kutilmaganda qandaydir yangidan-yangi iqtidorlarni çiqarib berişini kutiş yaramaydi.
Ayrimlar ÖFF va ÖFA rahbarlari orasidagi qarindoşlik aloqalariga asoslangan bu voqealarning mohiyatidan yaxşi xabardor. Darvoqe, nafaqat Usmonovning öğli ÖFAda rahbar. Unga masalan, Rustam Tolibjonov yordam beradi u esa Terma jamoalar tayyorlaş markazi direktori Asqar Tolibjonovning öğli. Bu odamga ham savollar talaygina...
- Özbekiston futbol federatsiyasi prezidentini tanlaşda qaror qabul qilişning qaysi tizimi sizning nazdingizda eng samaralisi?
- Takrorlaşga majburman: taassufki sobiq SSSR davlatlarida futbol töğridan-töğri davlatga boğliq. Boğlanganda ham örab-çirmalgan. Aslida jamoatçilik taşkilotlari bölişi lozim bölgan futbol federatsiyalarida qarorlar qabul qiliş, prezidentlar saylaş, professional futbolni moliyalaştiriş — bularning bari davlat strukturalarining töğridan-töğri qatnaşuvisiz röy bermaydi.
Tizim, albatta, qaror qabul qilişning bir neça bosqiçini nazarda tutadi, biroq asosiysi va hal qiluvçisi, xususan Özbekistonda, davlatning qaroridir. Amaliyotdan körinib turibdiki, bu usul — futbol sohasining degradatsiyaga uçratiş uçun eng maqbul yöl. Agar biror-bir mamlakatda davlat sport federatsiyalari bilan bahamjihat işlaş prinsiplarini özgartirişga tayyor emas ekan, u kamida barça sport turlari böyiça işlarning qay ahvolda ekanligi tahlili bilan şuğullanişi kerak.
- Prezidentning u yoki bu muammoga diqqat-eʼtiborini qaratuvçi, turli sohalarni nazorat qilib boradigan yordamçilari bor, jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasida ham. Nahotki bu aniq qarorlar qabul qiliş uçun yetarli bölsa?
- Zamonaviy jamiyatning rivojlanişida jismoniy tarbiya va sportning roli beqiyos. Millat salomatligi fuqarolar jismoniy tarbiya bilan şuğullanişga neçoğlik jalb etilgani bilan boğliq, u esa iqtisodiy körsatkiçlarga, davlatning raqobatbardoşligiga öz ta'sirini ötkazadi. Sohani rivojlantiriş davlatning içki siyosatidagi öta muhim ustuvor vazifalar sirasiga kirişi kerak.
Riodagi olimpiada — Özbekiston tarixidagi eng yaxşisi böldi. Bir tomondan qaraganda milliy sport ravnaq topmoqda. Biroq medallarimiz strukturaviy jihatdan tahlil etilsa, ularning yarmidan köpi individul sport turlari orqali qölga kiritilganiga guvoh bölamiz.
Olimpiada öyinlarida iştirok etgan şunça davrdan buyon sportçilarimiz yengil atletika va suziş kabi sport turlarida sovrinli örinlarga hattoki yaqinlaşa olişmagan, sportning jamoaviy, öyin turlarida esa juda kam iştirok etişgan. Ya'ni, eng ommaviy sport turlarida ortda qolayotganimiz körinib turibdi. Bunga esa sabablar köp, ularning eng asosiysi — mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni taşkillaştirişda jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilayotganidir.
Davlat sportga oid jamotçilik taşkilotlari örtasidagi hamjihatlikning samarali mexanizmi işlab çiqilmagani, davlat kompaniyalari va hududlar byudjyetlari tomonidan klublarni boqiş uçun byudjyet mablağlarining xöjasizlarça tasarruf etilişi, sportning jamoaviy öyin turlarini rivojlantirişda ustuvorliklar yöqligi, sport jamoatçiligi bilan muloqotning mavjud emasligi — bularning barçasi köplab sport turlarini, jumladan, futbolni rivojlantirişda yöl qöyilayotgan muvaffaqiyatsiz qadamlarning sababini aniq baholaşda davlat rahbariyatiga tösqinlik qilmoqda.
- Siz Rossiya şarioitida futbolni rivojlantiriş dasturi muallifi hisoblanasiz. Uni öz vataningiz futboliga joriy etişga urinib körmaysizmi? Balkim siz ÖFF prezidentligi lavozimi uçun kuraşib körarsiz?
- Şubhasiz, Özbekistonda futbolni rivojlantiriş işiga hissa qöşişni istayman. Biroq ikki marta nomzodim ilgari surilgan RFI yoki ÖFF prezidentligi lavozimi men uçun asosiy maqsad bölmagan. Nazariyada qançalik gözal bölmasin, rivojlantiriş dasturini amaliyotga tatbiq etiş va boşqaruv tizimini özgartiriş faqatgina davlat tomonidan ham, futbol jamoatçiligi tomonidan ham bu uçun zarur şaroitlar yaratilgandagina mumkin böladi. Asosiysi, barça manfaatli tomonlar bir mafkura bilan nafas olişlari va oldinga qöyişgan maqsad va vazifalarga yetişiş uçun birlaşişga tayyor bölişlari kerak.
Printsipial bir holatga e'tiboringizni jalb qilmoqçiman: heç qaçon RFI prezidenti saylovida qatnaşiş uçun yozilgan dasturim birgina mening mehnatim mahsuli demaganman. Albatta, unday emas. Bu dastur — RFIning futbolni rivojlantiriş dasturi böyiça qömitasining mehnati evaziga vujudga kelgan, köplab insonlarning birgalikdagi mehnati. Işoning, sohaga doir kompleks dasturni öyinni rviojlantirişni maqsad qilgan barça aqli raso kuçlarni birlaştirmasdan, bir kişi yozişining iloji yöq. Uni bir kişi amaliyotga tatbiq etişi esa — undan-da qiyin.
Bular Alişer Aminovning anhor.uz saytida «Özbekiston futboli: gözal peşayvon nimalarni tösib turibdi?» sarlavhasi ostida berilgan intervyusida aytgan gaplari. Endi keling, şu saytda e'lon qilingan «Özbekiston futboli: bemor tirikdan ölikka köproq öxşaydi» sarlavhasi ostida berilgan intervyusidan ham parçalar keltiramiz:
«Sönggi yillarda Özbekiston Federatsiyasi qanday boşqarilmoqda? Barça kadr masalalari, jumladan, terma jamoa murabbiyini tayinlaş qarori ham faqat birgina inson – ÖFF prezidenti (Mirabror Usmonov) tomonidan mustaqil amalga oşirilgan. Vaziyatni tahlil qiliş, baholaş va öz xulosasini beriş bilan şuğullanişi va rahbar tomonidan e'tiborga olinişi kerak bölgan murabbiylar kengaşi deyarli işlamaydi. Natija bölmaganda esa, prezident emas, mutaxassislar javobgar böladi».
Foto: Mirabror Usmonov
«ÖFFning moliyaviy faoliyati şaffof emas – hatto federatsiya xodimlari ham taşkilotning byudjyeti va xarajatlari haqida ma'lumotga ega emas. Ularga buni biliş nega kerak? Axir hammasini ÖFF prezidentining özi hal qiladi-ku? Muhim masalalarni hal qilişi kerak bölgan heç qanday organ işlamaydi, futbolçilarning ham, murabbiylarning ham huquqlarini himoya qilişi kerak bölgan kasaba uyuşmasi yöq. Natijada murabbiylarning ham, futbolçilarning ham talablari umuman e'tiborga olinmaydi, çunki federatsiyada ularning manfaatlarini himoya qiladiganlar mavjud emas. Klublar esa, ular bilan istagan işini qilişi mumkin, şartnoma bandlarini bemalol e'tiborsiz qoldiraveradilar. Axir jabrlanuvçilar heç qayerga şikoyat qila olmaydilar».
«Özbekiston terma jamoasining yagona ğalabasi Xirosimaga töğri keladi. Bu tarixiy ğalaba ham aslida sovet davridagi futbolçi tayyorlaşdagi yutuqlarimiz va öşa jamoaning tajribali murabbiylar ştabi tufayli bölgandi. Ammo bu yutuq keyingi rivojlaniş uçun turtki bölmadi».
«Özbek futbolidagi menejment sohasi, oddiy qilib aytganda, yaxşi emas, ÖFF ham, liga ham, ta'lim sohasi ham futbol menejyerlarini tayyorlaydigan zamonaviy tizim yarata olmadilar. Sport sohasi uçun tajribali yuristlar tayyorlanmaydi».
«Aytiş mumkinki, Özbekistondagi professional futbol inqiroz yoqasida: ligalar rivojlanmayapti, klublar aniq ğoya va maqsadlar uçun işlamayaptilar, daromadlar va xarajatlar örtasida juda katta farqlar mavjud, klublar davlatlar moliyaviy yordam olgan holda öz vazifalarini, xususan raqobatbardoş futbolçilarni tarbiyalay olmayaptilar».
«Futbolimizning iqtisodiy modeli toş asri darajasida qolib ketgan, zamonaviy emas!»
Futbol jurnalisti Qahramon Aslanov A.Aminovning birinçi intervyusidan keyin şunday deb yozadi:
- Men mutaxassis bölmaganim uçun, bu fikrlar qay darajada haqiqat yoki notöğri, baholaş saviyasida emasman. Intervyuni töliq öqigan odam, Alişer Aminovning ÖFFni boşqariş istagi borligini, şu bilan birga, Özbekistonda futbolni rivojlantiriş uçun öz rejasiga ega ekanini osonlik bilan payqay oladi.
Men mutaxassis bölmaganim uçun, Aminov ÖFF rahbari bölsa, futbolimiz hozirgidan yomonroq böladimi, yaxşiroqmi, buni aniq ayta olmayman. Aminovning rejalari, strategiyalari qay darajada işlaşi mumkin, bu haqda ham jim turaman.
Men e'tibor bergan jihat, bu insonning 2013 yilning sentabrida «Interfutbol» gazetasi maxsus muxbiri Mavlon Şukurzodaga bergan intervyusi böldi. Uşbu intervyuni mana bu yerda töliq öqib çiqişingiz mumkin, e'tiboringizga mening mavzuimga mos qismi tarjimasini havola qilaman:
«Umuman olganda, Özbekistondagi futbol rivojlanişi yetarliça jadal davom etmoqda. 22 yillik mustaqillik yillarida özbek futboli maqsadli yönalişda oldinga qadam taşladi, ayniqsa, sönggi 10 yilda bu narsa yanada közga taşlandi. Butun dunyo özbek futboli yutuqlariga guvoh bölib turibdi. Xirosimadagi ğalaba Özbekistonda futbolning sovet yillarida ham yaxşi ekanini körsatgan bölsa, keyingi natijalar – klublarimizning çempionlar ligasida, turli yoşdagi terma jamoalarning jahon çempionatlaridagi iştiroklari keyingi yillarda ham Özbekiston futbolidagi barça sohalar tizimli tarzda rivojlanib borayotganidan dalolat bermoqda.
Yoşlar dunyoning kuçli sakkiztaligiga kirdilar, milliy terma jamoa Osiyodagi eng kuçli beş jamoadan biridir. Saudiya Arabistoni, Eron, Koreya va Yaponiya kabi JÇ iştirokçilari ham terma jamoangizdan hayiqib turadilar.
Istiqbolda, mening fikrimça, eng yaxşi yoş futbolçilar Yevropadagi kuçli jamoalarda öynay boşlaydilar. Toşkentda, Qarşi, Samarqand va Buxoroda ajoyib zamonaviy stadionlar qurildi.
Futbol akademiyalarining qurilişi, zamonaviy murabbiylarni tayyorlaş tizimi, hakamlarni öqitiş uslubi – bularning hammasi futbolning maqsadli rivojlaniş yölidan borayotganidir. Men Özbekistonning bu yutuqlari bilan faxrlanaman.
Mamlakat prezidenti, hukumat va ÖFF rahbariyati öz xalqi uçun, kelajak avlod uçun, ularning soğlom yetişişlari uçun nima kerak bölsa, hammasini bajarişmoqda».
«Yuqorida keltirgan parça intervyudagi fikrlarga mutlaqo ters, ammo bunga işoniş qiyin bölsa-da, aynan bir inson — Alişer Aminov tomonidan aytilgan. Yanayam işoniş qiyin bölgan jihat: bu ikki intervyu orasidagi farq atigi uç yilni taşkil qilmoqda, xolos. Bu fikrlar oddiy bir jurnalistning osonlik bilan özgarib turadigan fikrlari emas, ekspertning «diagnozi»dir. E'tibor bergan bölsangiz, bu diagnoz turli davrlar uçun emas, aynan bir davr uçun, faqat ikki paytda aytilmoqda xolos.
Savol tuğiladi, mana şu uç yilda Aminovning fikrlarini keskin özgartirib yuboradigan qanday voqea böldi? Nima özgardi?! Mirabror Usmonovning ÖFF boşiga kelganiga ön yildan oşgan bölsa, axir Aminov dastlabki intervyusida ayniqsa sönggi 10 yilda rivojlaniş közga taşlanganini aytmayotganmidi?
Öylab-öylab topdim! Sönggi uç yilda Özbekiston futbol federatsiyasida kuzatilgan özgarişni nihoyat topdim. Rustam Akramov endi ÖFFda işlamayapti. Bu voqeaga ham bir yildan oşdi. Rustam Akramov esa — Alişer Aminovning toğasi böladi.
Foto: Rustam Akramov
Bilasizmi, qaçon rivojlanamiz? Futbolimiz muammolarini oçiq-oydin ayta oladigan xolis ekspertlarimiz paydo bölişsa. Ular köpayişsa. Buning uçun ularning toğalarini oldin ÖFFga işga olib, keyin haydaş kerakmikin?..», — deya yakunlagan Q.Aslanov intervyu borasidagi öz fikrini.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi