Fan-texnika | 18:07 / 28.07.2016
9008
1 daqiqa o‘qiladi
Samsung so‘nggi ikki yil ichida eng yuqori daromad ko‘rdi
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 2016 yilning ikkinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya sof daromadi 1,7 foizga, ya'ni 5,2 mlrd dollarga oshgan va so‘nggi ikki yildagi eng yuqori natijani qayd etgan.
Ta'kidlanishicha, bunday ko‘rsatkichga Samsung Galaxy S7 va S7 Edge telefonlariga talabning yuqoriligi sabab bo‘lgan.
Kompaniyaning pul tushumi 4,94 foizga oshib, 44,847 mlrd dollarni, qurilmalari savdosi hajmi 5 foizga ko‘tarilib, 45,3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Kelasi chorakda, Samsung smartfonlar savdosini Note telefonlarining yangi modeli orqali ko‘paytirmoqchi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:20 / 07.10.2024