O‘zbekiston | 12:15 / 01.11.2021
12231
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda poyezddan temir sharlarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqandda poyezddan temir sharlarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlangan va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil sentyabr oyida Maroqand-Navoiy yo‘nalishidagi yuk poyezdi «Nurbuloq» temir yo‘l bekatida to‘xtagan vaqtida, usti ochiq vagonga ortilgan 1 410 dona, qiymati 17 million 693 ming so‘m bo‘lgan temir sharlar noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘rilikni Nurobod tumanida yashovchi P.A., A.T. hamda T.O. sodir etgani aniqlangan. A.T.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1 410 dona temir shar borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan P.A., A.T. hamda T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid