Moderator Şerzodxon Qudratxöjayev boşçiligida olib borilgan Xalqaro press klub sessiyalari endi yaqindagina taşkil etilgan «Özbekiston 24» va boşqa telekanallar efirida töğridan-töğri uzatilmaydigan böldi.

Press klubning Telegram messenjeridagi jurnalistlar bilan axborot almaşinuv guruhida 23 avgust kuni soat 11:00da xalq ta'limi vazirligi vakillari iştirokida bölib ötadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi haqida xabar berildi.

Hozirça Xalqaro press klubning töğridan-töğri efirga uzatilmasligi borasida biror bir rasmiy izoh berilganiça yöq.

Şuningdek, «Özbekiston» telekanalida «Munosabat» körsatuvi ham efirdan yöqolgan. Quddus A'zam boşlovçiligidagi bu körsatuv har haftada 4-5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi.

Xabarlarga köra, MTRK Media markazida 21 avgust kuni boş vazir Abdulla Aripov va Prezidentning davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda şunday qaror qabul qilingan. 21 avgust kungi yiğilişda biroz avvalroq MTRK raisi örinbosarligidan olinib, «Özbekiston» telekanaliga rahbar etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov yana lavozimiga qaytarilgan, «Özbekiston 24» telekanali rahbari Ozod Hamidxöjayev lavozimdan olingandi.