08:12 / 04.12.2017
10852

Janubiy Koreya va AQSh katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Janubiy Koreyada 4 dekabr ertalabdan Janubiy Koreya va AQSh harbiy-havo kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari Vigilant Ace 18  boshlandi. 8 dekabrgacha davom etadigan mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun AQShning F-22 Raptor, 5-avloddagi F-35A qiruvchi samolyotlari yetib keldi. Mashg‘ulotlar 29 noyabrda Shimoliy Koreya tomondan “Xvason-15” ballistik raketasi uchirilgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.

Katta ko‘lamli mashg‘ulotlarda AQSh va Janubiy Koreyaning 12 ming harbiysi va  230 dan ko‘proq samolyoti ishtirok etadi. Shuningdek, mashg‘ulotlarga 6 ta radioelektron kurash samolyotlari EA-18G Growler hamda o‘nlab F-15C va F-1 qiruvchi samolyotlari ham jalb qilinadi. Ularga Yaponiyada joylashtirilgan yana bir nechta F-35B samolyotlari qo‘shilishi ehtimoli bor. 

Mashg‘ulotlar maqsadi Shimoliy Koreya obektlarining nusxasi ko‘rinishidagi o‘quv nishonlariga yuqori aniqlik bilan aviazarba berish, ikki davlat harbiy-havo kuchlari jangovar qobiliyati va o‘zaro harakatlari sifatini oshirishdan iborat.

Top