Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar doimiy ravishda bo‘lib turadi. Turli xil OAV yil davomida shov-shuvli ixtirolar haqida xabardor etadi, yangi patentlar olingani xususida jar soladi. Aslida-chi, bir yil davomida tom ma'nodagi kashfiyot deyishga arziguligi barmoq bilan sanarli bo‘ladi. Albatta, bu yil hali tugagani yo‘q. Biroq, shu davr ichida 10ta ajoyib ilmiy natijaga erishildi. Quyida shular xususida batafsil.
1. Ko‘phujayrali hayot bundan 800 mln yil muqaddam, arzimagan irsiy mutatsiya tufayli paydo bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, GK-PID deya nomlangan qadimgi oqsil 800 mln yil avval, birhujayrali mavjudotlarning ko‘phujayraliga aylanishiga sabab bo‘lgan bosh omildir. Ayni shu molekulaning o‘ziga xos xizmati tufayli xromosomalarning birikuvi va hujayra membranasi ichki qatlamining bo‘linishida ichki birlashuvi yuz bergan. Ana shu oqsil, hujayralarga xavfli birikmalar hosil qilmay, to‘g‘ri bo‘linishga imkon bergan.
Bu ajoyib kashfiyot yana shuni ko‘rsatmoqdaki, GK-PID ning qadimgi namunasi, uning hozirgi ko‘rinishidan farqli bo‘lgan. Buning yagona sababi esa, qadimgi GK geni qachonlardir ikkiga bo‘linganidir. Uning bir nusxasi DNK uchun xom-ashyo tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shishda davom etgan, boshqa biri hozirgi GK-PID ga aylangan. Boshqacha aytganda, ko‘phujayrali hayot, aynan mana shu mutatsiya tufayli vujudga kelgan.
2. Yangi oddiy son aniqlandi

Shu yilning yanvar oyida Great Internet Mersenne Prime Search dasturi doirasida yangi oddiy son 2^74,207,281 – 1 topildi. Ehtimol siz, buning nima foydasi bor?, deya savol berarsiz. Gap shundaki, zamonaviy kriptografiya ma'lumotlarni shifrlash uchun juda murakkab sonlar qatori Mersenna oddiy sonlarini qo‘llashni talab qiladi. Hozirgi vaqtgacha, bunday sonlarning 49tasi aniqlangan xolos. Yangi oddiy son esa, qachonlardir ma'lum bo‘lgan sonlar orasida eng uzuni bo‘lib, o‘ziga eng yaqin sondan 5 million raqam ko‘pligi bilan ajralib turadi. Undagi raqamlarning umumiy soni 24 000 000 dan biroz kam, ixcham ko‘rinishi esa quyidagicha yoziladi: 2^74,207,281 – 1.
3. Quyosh tizimida to‘qqizinchi sayyora aniqlandi

20-asrda Pluton topilmasdan avval ham, Neptun ortidagi to‘qqizinchi Iks (X) sayyorasi haqida nazariyalar mavjud bo‘lgan. Uning borligini taxmin qilishga, juda ulkan jismning ta'siri tufayli tortish to‘lqinlarida vujudga keladigan ayrim jihatlar asos bo‘lar edi. Keyinchalik, aniqlangan Pluton sayyorasi ayni jism sifatida qabul qilindi. Biroq, tortish kuchidagi buzilishlarning o‘ziga xosliklari oxirigacha izohlanmayotgan edi. Bu hol, Kaliforniya texnologiya instituti, to‘qqizinchi sayyora mavjudligi va uning orbital davri bizning 15 ming yilga tengligini isbotlovchi dalillarni taqdim etguncha davom etdi. O‘z kashfiyotlari xususida yozgan fazoshunoslarning ta'kidicha, asteroidlar yoki meteoritlarning o‘ta zich birikkan jismi sayyora sifatida qabul qilingani borasidagi ehtimol atigi 0,0007 foizni tashkil etadi.










