12:30 / 28.01.2018
9193

Tramp barcha davlatlarni «Tolibon»ga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi

Foto: Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp Kobulda yangi teraktni amalga oshirgan “Tolibon” harakatiga qarshi barcha davlatlarni qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi. 

“Barcha davlatlar “Tolibon”ga va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan terrorchilik infratuzilmasiga qarshi qat'iy choralar ko‘rishlari kerak”, deb aytgan Tramp.

“Men ko‘plab odamlar halok bo‘lgan va yuzlab odamlar jarohat olgan, Kobuldagi razil hujumni qoralayman. Bu qonli terakt bizning va afg‘onistonlik hamkorlarimizning qat'iyatini yanada mustahkamlaydi. “Tolibon” qo‘llayotgan shafqatsizlik o‘z maqsadiga erishmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. 

Trampning aytishicha, “AQSh Afg‘onistonda xavfsizlikni ta'minlashga sodiq” va “o‘zining nishoni sifatida amerikaliklarni va ularning ittifoqdoshlarini tanlaydigan birorta terrorchi” va “ularning yovuz g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydigan barchaning qolmasligi”ga intiladi.

27 yanvarda Kobulning hukumat kvartali yaqinida portlash sodir etildi. Tolo News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan tez tibbiy yordam mashinasini portlatgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida halok bo‘lganlar 95 kishini, yaralanganlar 163 kishini tashkil qilgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga oid
Top