15:30 / 12.01.2018
24259

Endi davlat xizmatiga joylashishda uch bosqichli sinov amaliyoti qo‘llanadi

Foto: KUN.UZ

Endi davlat xizmatiga joylashishda uch bosqichli sinov amaliyoti o‘tkaziladi. Bu birinchidan - test sinovlari, ikkinchidan - yozma imtihon, uchinchidan - suhbat. Bunday amaliyot davlat xizmatiga ishga olinayotgan nomzodning xususiyatlarini to‘liq kashf etib, uning raqobatbardoshligini aniqlash imkonini beradi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Z.Umarovning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Umarovning ta'kidlashicha, mazkur loyihani ishlab chiqishda 40 dan ortiq ilg‘or mamlakatlarning tajribasi o‘rganilgan va barcha zarur jihatlar inobatga olingan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan "Davlat xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta'minlash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar  to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda davlat xizmatchilari faoliyatining natijaviyligi va samaradorligi, shuningdek og‘ir sharoitlarda mehnat qilayotganlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ustama haqlar to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlat xizmatchilarining maxsus rejimiga alohida e'tibor qaratish qonunchiligimizda yangilikdir. Endi davlat xizmatchilari belgilangan vaqtdagi ishchi soatidan ortiq mehnat qilgan taqdirda, ularga tegishli kompensatsiyalar taqdim etiladi. Asosiy kompensatsiya - qo‘shimcha mehnat ta'tili bo‘lib, u uch kundan kam bo‘lmagan qo‘shimcha ta'tilni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.

Mavzu
2018 yilgi Davlat dasturi

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, u 15 yanvarga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top