10:54 / 28.07.2016
18568

O‘zbekiston dunyoda aholi soni bo‘yicha 43-o‘rinda qayd etildi

Foto: O‘zA

2015 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda 43-o‘rinni band etdi. Bu haqda Jahon banki ma'lumotida keltirib o‘tilgan.

Jahon banki 2015 yil yakunlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari aholisi soni ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatga 217ta mamlakat kiritildi.

Jahon banki ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2015 yil yakunlari bo‘yicha 31,3 mln kishi istiqomat qilishi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2014 yil yakunlari bo‘yicha ham 43-o‘rinni egallagan edi. O‘shanda mamlakat aholisi 30,743 mln kishini tashkil etgan edi. 

Jahon bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy qayd etilgan (1,371 mlrd. kishi), Hindiston ikkinchi (1,311 mlrd. kishi), AQSh uchinchi (321,419 mln. kishi) o‘rinda joylashgan.

Top