18:53 / 01.06.2016
18224

OAV: yovvoyi bo‘rilar Shvetsiyadan Norvegiyaga qochib o‘tdi

The Local nashri yovvoyi bo‘rilarning Shvetsiyadan Norvegiyaga o‘tib ketganini taxmin qilmoqda. Gap shundaki, har yili qish mavsumida, Shvetsiya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi yovvoyi hayvonlar ko‘payishini o‘rganib, bo‘ri, ayiq, silovsin va rosomaxalar sonini hisoblaydi. Ma'lum bo‘lishicha, hozirda Shvetsiya yashayotgan bo‘rilar soni, 2015 yildagidan 20 foizga kamaygan. Ekspertlarning fikricha, ayni vaqtda mamlakat hududida 340ga yaqin vahshiy hayvon yashaydi. 

Ularning aytishlaricha, Shvetsiya bo‘rilarining soni tabiiy sabablar hamda ruxsat berilgan ovlar natijasida kamayib bormoqda. Bundan avval, mamlakatdagi yovvoyi vahshiy hayvonlar soni ko‘paya boshlagani tufayli, agentlik bo‘rilar sonini me'yorda ushlab turish maqsadida, ularni ovlashga ruxsat bergan edi. Bu esa, Shvetsiyada jiddiy munozaralarga sabab bo‘lgandi. 

Xabarlarga ko‘ra, bugun 1 iyun kuni Norvegiya agentligi ham yovvoyi bo‘rilar soniga oid yangi ma'lumotlarni e'lon qilgan. Unga ko‘ra, mamlakatdagi bo‘rilar soni 2 martaga ko‘paygan. Nashr esa, bo‘rilar Shvetsiyadan Norvegiyaga qochib ketmadimikin? deya savol bermoqda. Bunga endi, ikki mamlakat mutaxassislari oydinlik kiritishlari lozim.

Top