23:00 / 17.08.2015
3965

Bangkokdagi portlash qurbonlari soni 27 kishiga yetdi

Bangkokda Eravan Shrayn ibodatxonasi yonida bomba portlashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida kamida 3 nafar xorijlik bor. Ko‘pchilik jarblanganlar xitoylik va tayvanlik sayyohlarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq Bangkokdagi Rayprasong ko‘chasida portlagan bomba 52 kg trotildan iborat ekanligi ma'lum qilingandi.

Top