17:15 / 18.08.2015
2321

Nikolas Otamendi 45 mln yevro evaziga «Manchester Siti» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydigan bo‘ldi

Ispaniyaning «Valensiya» va Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi yangi mavsumni Angliyaning «Manchester Siti» tarkibida boshlaydigan bo‘ldi.

Sky Sports nashri jurnalisti Jillem Balajning tvitter sahifasida yozishicha, «shaharliklar» futbolchi uchun 45 million yevro to‘lashadi.

Otamendi bilan shartnoma besh yil muddatga imzolanadi. Oldinroq berilgan xabarga ko‘ra, Otamendi «Siti»ga o‘tishi uchun «Valensiya» 40 million yevro va Elyakim Mangalyani bir yilga ijaraga olishi kerak edi. Biroq Manchester klubi o‘z himoyachisini «Valensiya»ga ijaraga bermaydigan bo‘ldi.

Top