15:41 / 20.08.2015
6718

Janubiy Koreya KXDRga artilleriyadan javob zarbalari yo‘lladi

Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan o‘z hududidagi radiokarnaylarning o‘qqa tutilishiga javoban artilleriyadan o‘t ochdi. Bu haqda «Renxap» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya shimolliklar tomoniga bir necha o‘nlab raketalar uchirgan.

Shimolliklar bugun ertalab Janubiy Koreyaning Kyongido viloyatidagi Yonchxon uyezdidagi radiokarnaylarni o‘qqa tutishgan.

Biroz oldinroq, Janubiy Koreyada KXDR tomonidan radiokarnaylar o‘qqa tutilishi bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi chaqirilgani xabar qilingandi.

O‘tgan haftada Shimoliy Koreya tomoni chegara hududida janubliklarning tashviqotlarida foydalanilayotgan radiokarnaylarini yo‘q qilmoqchiligi haqida ogohlantirgandi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada chegarada Janubiy Koreya askari jarohatlanganidan keyin janubliklar 11 yildan beri ilk marta radiokarnaylar orqali Pxenyan siyosatini tanqid qiluvchi chiqishlar uyushtirgandi.

KXDR hukumatining bildirishicha, bunday translyatsiyalarning joriy qilinishi urush ochish bilan teng hisoblanadi.

Top