15:05 / 23.09.2015
6210

Putin Moskvadagi Markaziy masjidning ochilish marosimida ishtirok etdi

23 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Markaziy masjidning ochilish marosimida qatnashdi.

RIA Novosti xabarida aytilishicha, ushbu marosimga Rossiya Muftiylik kengashi vakili Ravil Gaynutdin, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kabi yuqori martabali mehmonlar ham kelishdi. Shuningdek, ushbu marosimda elchilar va diniy arboblar ishtirok etdi.

Masjidning ochilish marosimida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov, Checheniston prezizenti Ramzan Qodirov va Dog‘iston prezidenti Ramazan Abdulatipov ham hozir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qayta ta'mirlashdan keyin ushbu masjidning maydoni 20 marta kengaygan.

Top