16:30 / 23.09.2015
18384

Moskvadagi Markaziy masjidning yangi binosidan fotolavhalar

Avval xabar qilganimizdek, 23 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Markaziy masjid yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1904 yilda foydalanishga topshirilgan Moskva Markaziy masjidi binosi 2015 yilda to‘liq buzib tashlanib, o‘rniga olti qavatli yangi bino barpo etildi. Uning umumiy maydoni 18900 kvadrat metrgacha kengaytirildi.

Bunga qadar esa uning maydoni 964 kvadrat metrni tashkil etar edi. Minoralari balandligi 72 metr, gumbazining balandligi esa 46 metrni tashkil etadi.

Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetganidan so‘ng bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming nafargacha namozxon o‘z ibodatini ado etishi mumkin.
Quyida mazkur masjid tasvirlangan fotosuratlar e'tiboringizga havola etilmoqda.

 

 

 

Top