12:51 / 10.10.2015
6360

Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligi munosabati bilan parad bo‘lib o‘tmoqda

Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrida Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan harbiy parad boshlandi. Bu haqda Sinxua agentligining tvitterida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, parad avvalida Kim Ir Sen maydonidan duxovoy orkestr musiqa sadolari ostida yurib o‘tgan.

Maydonning bir tomonidagi tribunada esa mamlakat rahbari Kim Chen In o‘z mulozimlari bilan birgalikda paradni kuzatib bormoqda. Uning yonida Xitoy Kommunistik partiyasining siyosiy byurosi faxriy a'zosi Lyu Yunshan joylashgan.

Biroz oldinroq, xitoyliklar delegatsiyasi ushbu marosimda ishtirok etish uchun Pxenyanga kelgani xabar qilingandi.

Top