14:40 / 10.10.2015
11157

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 30 nafarni tashkil etmoqda (Video)

Bugun, 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Turkiya IIV xabar bergan.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, terakt tufayli jarohat olgan 126 kishi shifoxonalarga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etildi.

Turk OAVlarining yozishicha, bu portlashlar Kurdiston ishchilar partiyasiga nisbatan ayricha munosabatlar ko‘rsatilayotganiga norozilik sifatida "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan namoyish arafasida sodir etildi.

Kurdlarning siyosiy nizolarni qoralovchi HDP tashkiloti a'zolari shu yilning iyunida Diyorbakirda amalga oshirilgan terakt tufayli ham jabrlanishgandi.

Ayni vaqtda HDP yetakchisi barcha mitinglarni bekor qilgan. U bu portlashlarda rasmiy Anqarani ayblab chiqqan.

Top