16:00 / 30.10.2015
5806

Sardor Rashidov o‘z dubli orqali "Al Jayish"ga g‘alaba olib keldi

29 oktabr kuni Qatar Yulduzlar ligasida 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p tepayotgan Qatarning “Al Jayish” jamoasi safarda “Al Vakra” klubi mehmoni bo‘ldi. Rashidov uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.

Jamoa mag‘lubiyatga uchrayotgan pallada “Al Jaish” bosh murabbiyi Rashidovni maydonga tushirdi. U esa uchrashuvning 81 va 85-daqiqalarida 2t gol urdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Biroz oldinroq, sekin-asta “Al Jayish” safida yetakchilardan biriga aylanib borayotgan mahoratli futbolchi 2015 yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

“Al Jayish” matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Sardor Rashidov 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deya e'tirof etilishi mumkin bo‘lgan 10 nafar nomzoddan biri bo‘lib turibdi.

Qatar Yulduzlar ligasi, 7-tur.

“Al Vakra” – “Al Jayish” 1:2

Gollar: Sayez (63) - Sardor Rashidov (81, 85)

“Al Jayish”: K.N`Diayye, Lukash Mendesh, Naji Husseyn, Yasser Abubakar Essa, Abdulrahmon Issa, Sereqi, M.Matxani (SARDOR RAShIDOV, 57), Romarino, Olavi, Majid Muhammad (Jyeyelo, 69), Hamdallah (Ribeyro, 31).

Top