Jahon | 15:30 / 29.06.2016
38140
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi ma'lum qilindi

29 iyun yarim tunda Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida 3 nafar hudkush terrorchining o‘zini portlatib yuborishi oqibatida. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 39 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 147 nafar odam yaralangan. Qurbonlarning aksariyati Turkiya fuqarolaridir. 

Ajanshaber.com saytining xabar qilishicha, aeroport xizmati va huquq-tartibot idoralari tomonidan halok bo‘lganlarning ro‘yxati e'lon qilingan. Unga ko‘ra, qurbonlarning 8 nafari xorijiy fuqarolar bo‘lib, ular orasida o‘zbekistonlik erkak kishi ham bor. Saytda uning ismi-sharifi keltirilgan - Samat Muhiddinov.

Yana 3 kishi ikki davlat fuqaroligiga ega kishilardir. Bundan tashqari, shaxsi aniqlanmagan, ammo jasad qismlari topilganlar ham mavjudligi aytilmoqda. 

Shu bilan birga, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan shifoxonalar ro‘yxati ham e'lon qilindi.

Mavzuga oid