08:18 / 11.12.2015
8398

Erdo‘g‘an: turk harbiylarining Iroqdan olib chiqib ketilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk harbiylarining Iroqdan olib chiqib ketilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Erdo‘g‘an bu haqda matbuot-anjumanida aytdi. U turk harbiylari Iroqqa jangovor maqsadlarda emas, balki peshmerg kurd jangchilarini tayyorlagani kelganlarini qo‘shimcha qildi.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, 21 dekabrda Turkiya, AQSh va Iroq Kurdistoni ishtirok etadigan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Erdo‘g‘an biroq Iroq vakillari bilan qandaydir uchrashuv bo‘lish ehtimoli haqida hech narsa demadi.

Top