09:50 / 14.12.2015
4723

Shimoliy Koreyada 25 yil ichidagi ilk moliyaviy majlis o‘tkazildi

Shimoliya Koreyada keyingi 25 ichidagi ilk moliyaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan moliya va bank tizimidagi amadorlar pul islohoti masalasini maslahatlashishdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma'lum qilgan.

KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda o‘tkazilgan bu majlisda chiqish qilgan va bank-moliya sohasida islohotlar o‘tkazish orqali "qudratli tizim" barpo etishni talab qilgan.

Qayd etish kerakki, bunday ko‘lamdagi bundan oldingi majlis 1990 yilning sentabrida mamlakatning ilk prezidenti Kim Ir Sen hayotligida o‘tkazilgandi.

Top