22:31 / 28.12.2015
6985

Lada Vesta mashinasi politsiya mashinasiga aylantirildi

Rossiyaning “AvtoVAZ” prezidenti Bu Andersson rossiyalik politsiyachilarga ikkita Lada Vesta mashinasini topshirdi. Mashinalarni Udmurtiston Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi oldi.

Mashinalarning topshirilishi Ijyevsk avtozavodida Udmurtiston Ichki ishlar vaziri Aleksandr Pervuxin ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Avtomobillar politsiyachilarga sinovdan o‘tkazish uchun berilgan. “Biz LADA sifatini o‘zgarayotganini ko‘rmoqdamiz, ishonchim komilki, patrul Vesta’lari bizga pand berib qo‘ymaydi”, deb aytdi Pervuxin.

Lada Vesta sedani 24 noyabrdan savdoga chiqarildi. Kompaniya ushbu mashinadan bir hafta ichida 1748 ta sotgan.

Mashina 1,6 litrli, 106 ot kuchiga ega motor, besh pog‘onali mexanik yoki robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Top