23:27 / 28.12.2015
13169

Alisher Usmonov kelayotgan yilni “yanada qiyin” yil bo‘lishiga ishonmoqda

Rossiyalik milliarder va USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov 2016 yilni 2015 yilga qaraganda “qiyinroq” yil bo‘lishiga ishonmoqda. U bu haqdagi fikrini Rossiyaning «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida bildirib o‘tgan.

«2016 yil 2015 yilga qaraganda yengil bo‘lmaydi, aksincha, yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin. Narxlar ko‘rsatkichi, birdan ko‘tarilish bo‘ladi, degan biror-bir sababni anglatmaydi», — dedi biznesmen.

Usmonovning fikricha, Rossiyaning “Yangi iqtisodiy dunyoni o‘rganish” vaqti bo‘ldi.

Top