Londonning "Arsenal" klubining 33 yoshli darvozaboni Petr Chex "Bornmut"ga qarshi kechgan bahsdagi (2:0) ishtiroki orqali rekord qayd etdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng Chexiya terma jamoasi darvozaboni hisobidagi "quruq" o‘yinlar soni 170taga yetdi va Petr Chex bu borada sobiq darvozabon Devid Jyeyms tomonidan o‘rnatilgan rekordni (169ta "quruq o‘yin") yangiladi.
Qayd etish kerakki, chexiyalik darvozabon mavsum boshida "Arsenal"ga o‘tgan edi. Bunga qadar esa 11 yil davomida "Chelsi" darvozasini himoya qilgan va uning "quruq" o‘yinlari asosan "Chelsi" safida qayd etilgan.
Bu boradagi eng yaxshi natijalar qatorida Mark Shvartser (152), "Arsenal"ning sobiq darvozaboni Devid Simen (140) hamda Nayjyel Martin (137) kabilar bor.
CONGRATULATIONS, @PetrCech! pic.twitter.com/4gplbcb4Rz
— Premier League (@premierleague) 28 dekabrya 2015