12:05 / 29.12.2015
2380

Marca: Neymar «Barselona» bilan shartnomani uzaytirsa yiliga 30 mln yevro maosh oladi

«Barselona» braziliyalik 23 yoshli hujumchisi Neymar bilan shartnomani yangilash arafasida turibdi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi yangi shartnomaga imzo chekkan taqdirda uning yillik maoshi 3 baravar oshadi va soliqlar chiqarib tashlanganidan keyin ham u yiliga 30 million yevro maosh olishi mumkin bo‘ladi. Hozirda Neymarning «Barselona»da oladigan maoshi 10,5 million yevro hisoblanadi.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Neymarni jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar orasida Lionel Messidan keyin ikkinchi o‘yinchiga aylantirishmoqchi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda 20 million yevro maosh olayotgan Messining maoshi ham oshirilib, yiliga 30 million yevrodan ko‘proqni tashkil etishi mumkin.

Bundan avvalroq «Barselona» Neymar bilan 2021 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Gvardiola «Manchester Siti»ga kelgach, birinchi bo‘lib Neymarni sotib olmoqchi, keyin esa Suaresni

Top