14:53 / 29.12.2015
14429

14 yil davomida bunker ichida qiyomatni kutgan kanadalik erkak tashqariga chiqib, biroz hayratlandi

2000 yilga yaqin oxir zamon yaqinlashayotgani haqidagi gap-so‘zlar urchigandan urchidi. Ayrim irimchi odamlar chinakamiga ulkan fojiaga tayyorlana boshladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bashoratlarning hech biri tasdiqlanmadi. Dunyoda faqat bitta odam – kanadalik Norman Feller oxir zamon kelmaganidan bexabar qolib ketdi.

UaInfo nashrining yozishicha, Feller bir guruh hammaslaklari bilan Yer sayyorasi o‘z ahvoliga qaytishi uchun 15 yil kerakligini hisoblab chiqarishdi. Shu bois Yangi yil arafasida 44 yoshli erkak orqa hovlidagi bunker ichiga tushib, u yerdan 14 yil davomida chiqmadi. U bunker ichida jami 5 006 kun bo‘ldi.

Tepaga chiqqach, Feller deyarli hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rib hayratlandi: avtomobili avvalgidek garajda edi, uyi ham deyarli o‘zgarmagan edi. Televizordagi dasturlar ham hatto kam o‘zgargan edi. Lekin o‘zgarishlar ham ko‘p edi: qo‘l telefonlari, yangicha mashinalar va texnologiyalar paydo bo‘lgandi, internet rivojlanib ketgan edi. Lekin erkakni zamonaviy texnologiyalardan ham ko‘ra ko‘proq ikki hissa sendvich o‘ziga rom etdi. U umrining kattakon qismini bekorga o‘tkazib yuborganini tushundi.

Norman uchun qayg‘uli yangiliklaridan biri turmush o‘rtog‘i Debbining boshqa erkak bilan hayotini bog‘lagani bo‘ldi. Debbining ta'kidlashicha, o‘sha Yangi yil arafasida Norman butunlay o‘zini qutqarish g‘oyasi bilan yashagan va hatto rafiqasini bunkerga taklif qilmagan. Qaytib chiqqach, Feller uzr so‘radi, ammo buning foydasi bo‘lmadi.
“Men bir narsani tushundim – barchamiz dunyo halok bo‘lishidan xavotirlanishni bas qilib, shunchaki yashashimiz lozim. Dunyo har doim mavjud bo‘lishiga tayyorlanishimiz kerak”, - dedi Feller.

Top