15:00 / 29.12.2015
2799

"Real" stadionida xayriya tadbiri tashkil etildi

Madridning "Real" jamoasi himoyachilari Serxio Ramos va Marselo hamda "Real Madrid" basketbol klubi a'zosi Felipe Reyyes xayriya aksiyasida ishtirok etishdi. Bu haqda AS nashri xabar bergan.

"Santyago Bernabeu" o‘yingohida o‘tkazilgan ushbu xayriya tadbirida "Real" prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etgan.

Aktsiyaning asosiy maqsadi nogiron bolalarga bo‘lgan e'tiborni oshirish, ularga doimiy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur xayriya marosimida Florentino Peres yordamga muhtoj bolalarga bo‘lgan e'tiborni oshirish, bu borada olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlar borasida nutq so‘zladi.

Shundan so‘ng marosimga kelgan bolalarga sovg‘alar tarqatildi va ular "Real Madrid" a'zolari bilan suratlarga tushishdi.

Top