17:07 / 29.12.2015
18201

O‘zbekistonda benzin solig‘i oshirildi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2016 yilda benzin iste'moli solig‘i oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2016 yil 1 yanvardan e'tiboran benzin va dizel yonilg‘isi iste'moli uchun soliq stavkasi 45 so‘mga (bir litr uchun 290 so‘mdan 335 so‘mgacha), suyultirilgan gaz — 30 so‘mga (bir litr uchun 200 so‘mdan 230 so‘mgacha), siqilgan gaz esa 35 so‘mga (bir kubometr uchun 240 so‘mdan 275 so‘mgacha) oshiriladi.

Avtomobil yonilg‘isining chakana narxi uning iste'moli uchun belgilangan soliq stavkasini o‘z ichiga oladi. 1 litr Ai-80 avtobenzinining joriy narxi 2030 so‘mga, Ai-91 — 2235 so‘mga, Ai-95 — 2460 so‘mga, dizel yonilg‘isining narxi esa 2200 so‘mga teng.

Top