23:23 / 29.12.2015
5022

Asakalik kishi qishloqdoshlarini Qozog‘istonga olib borib, sotib yuborgani uchun qamaldi

Andijon viloyatining Asaka tumanida istiqomat qilib kelgan Akmaljon Rasulov odam savdosi bo‘yicha ayblanib javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u uzoq yillar muqaddam Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilib, Chimkent shahrida istiqomat qilib kelgan. Ba'zan o‘z qishlog‘iga qaytib, tanish-bilishlaridan guruh to‘plab, Qozog‘istonga ishlatgani olib ketgan. Bir safar mana shunday guruhni Ostonaga olib borib, Manas ismli shaxsga sotib yuborgan. Bu shaxs asakalik yigitlarni bepul ishlatib, uch oy mobaynida qullikda saqlagan.

Voqeadan xabar topgan qarindosh-urug‘lar yetib kelib, yigitlarni olib ketgan. Ular birgalashib tegishli idoralarga arz qilishgan. Natijada Akmaljon Rasulov qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilgan.

Top