09:29 / 31.12.2015
5338

«Barselona» bir yil davomida ko‘p gol urish bo‘yicha dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

«Barselona» jamoasi 2015 yildagi so‘nggi o‘yinini «Betis»ga qarshi o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 4ta gol yo‘lladi.

Hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan Suaresning goli «Barselona»ning 2015 yildagi 179 goliga aylandi. Bu orqali jamoa «Real»ning rekordini yangiladi.

Kataloniyaliklar «Betis» darvozasiga yana bitta to‘p kiritishdi va yil davomida urgan gollari sonini 180taga yetkazishdi.

Shu tariqa «Barselona» 2014 yilda «Real» tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda madridliklar bir yilda 178ta gol urgan edi.

Top