00:39 / 01.01.2016
8150

TV: Dubaydagi bayram tadbirlari mehmonxonadagi yong‘in tufayli bekor qilinmaydi

Dubay hukumati shahar markazidagi Address Downtown mehmonxonasidagi yong‘in tufayli Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram tadbirlarini bekor qilmadi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanalida ma'lum qilingan.

"Bu yong‘in bayram marosimlariga ta'sir ko‘rsatmaydi", degan Dubay amirligi fuqarolik mudofaasi rahbari, general-mayor Rashid al-Matrushiy.

Bundan oldinroq, "Burj Xalifa" binosi yonidagi Address Downtown mehmonxonasining 20 qavatida yirik yong‘in chiqqani va undagi odamlar evakuatsiya qilingani haqida xabar qilingandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa tufayli 14 kishi yengil tan jarohatlari olishgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inning 90 foizini o‘chirib bo‘lishgan.

Top