09:59 / 01.01.2016
6937

Islom Karimov: 2016 yildagi ko‘rsatkichlarimiz 2015 yildagidan ziyoda bo‘lishini kutamiz

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yangi yil munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida keyingi 11 yil davomida mamlakat iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgani, shu jumladan, 2015 yilda ham yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmaganini ma'lum qilib o‘tdi.

Shuningdek, tabrik matnida 2015 yilda aholining real daromadlari 9,6 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 21,9 foizga oshirilgani eslab o‘tilgan.

"Biz dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarilishni eng yuksak maqsadimiz sifatida qo‘ygan ekanmiz, bunday o‘ta muhim va mas'uliyatli vazifa, avvalambor, hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvarligi va hozirligi bilan ajralib turadigan yosh avlodimiz zimmasiga tushadi", deya qayd etadi davlat rahbari.

"Bir so‘z bilan aytganda, yangi – 2016 yil ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha yakuniga yetayotgan 2015 yilga nisbatan kam bo‘lmasdan, balki ko‘p sohalarda undan ancha yuqori va ziyoda bo‘lishi mo‘ljallanmoqda", deydi Islom Karimov.

Top