10:13 / 01.01.2016
6215

Krishtianu Ronaldu: Futbolchilikni yakunlaganimdan keyin qirollar kabi yashashni istayman

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘ziga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. U faoliyatini tugatgach qanday yashamoqchi ekanini ham aytib o‘tgan.

«Odamlar sen haqingda nima deb o‘ylayotganini bilib yashash mumkin emas. Barchaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Ba'zilar meni yomon ko‘radi, mening vijdonim toza, tunda xotirjam uxlayman. Men bosimga dosh bera olaman. 11 yoshimda o‘z narsalarimni o‘zim dazmol qilardim.

Futbolchilikni tugatgach qirollardek yashamoqchiman. O‘zim istagan narsani qilish uchun anchagina vaqtim bo‘ladi», – deydi Ronaldu Goal.com nashriga.

Top