10:34 / 01.01.2016
21973

Yangi yilning ilk kunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi hududida 2 marta zilzila sodir bo‘ldi

2016 yilning 1 yanvar kunida mahalliy vaqt bilan soat 03:15da va 08:26da Qirg‘izistonning O‘zbekiston chegarasiga yaqin hududlarida 2 marta zilzila sodir bo‘ldi.

"Toshkent" seysmologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra, birinchi zilzila markazi Bishkekdan 268 km, Andijondan 30 km masofada bo‘lgan. Yer silkinishi kuchi 5 ball bo‘lgan, zilzila o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan. Bu zilzila Andijonda 2 ball kuch bilan sezilgan.

Yangi yil tongida yuz bergan ikkinchi zilzila soat 8:26da qayd etilgan. Uning markazi O‘zbekiston hududida bo‘lgan (Toshkentdan 271 km, Andijondan 20 km masofada).

Bu zilzila kuchi 4,3 ballni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 30 km chuqurlikda bo‘lgan.

Top