Taniqli suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov yangi yilning ilk kunida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
"Azizlar, qadrdonlar. Mening do‘stim, qadrdonim, yurtimizning jafokash bir sanatkori - O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov 56 yoshida to‘satdan olamdan o‘tdi. Yaqinlariga chiroyli sabr so‘raylik, biladiganlarimiz esa uning haqqiga ikki kalima Qur'on tilovat baxshida qilaylik... Olloh, o‘zing rahmatingga ol!..", deya yoziladi manbada.
Qayd etish kerakki, u 31 dekabr oqshomida prezidentning Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirgandi.
Ma'lumot uchun, O‘tbosarov Abdumo‘min Abdumajitovich 1960 yilning 24 aprelida tug‘ilgandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Abdumo‘min O‘tbosarov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali diktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirish uning xizmat faoliyatidagi eng so‘nggi ish bo‘lib qoldi.
Kun.uz tahririyati mahrumning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
-
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
O‘zbekiston | 17:20
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12