11:30 / 01.01.2016
15242

O‘zbekistondagi AYoQShlarda benzin narxlari yangilandi

O‘zbekistonda 2016 yilning 1 yanvaridan benzinning bir litri narxi 45 so‘mga oshirildi. Bu jismoniy shaxslardan avtomobil yoqilg‘isi uchun olinadigan soliq miqdori oshgani (290 so‘mdan 335 so‘mga) bilan bog‘liq ekanligi bildirilgan, deya xabar beradi «Gazeta.uz» nashri.

Ai-80 benzinining litri uchun yangi narx 2075 so‘m (avvalgi narxi — 2030 so‘m edi), Ai-91 uchun esa 2280 so‘m (2235 so‘m edi) etib belgilangan.

Suyultirilgan gaz iste'moli uchun soliq summasi (tegishli ravishda narxi ham) 30 so‘mga, siqilgan gaz uchun esa 35 so‘mga oshgan.

Top