15:25 / 01.01.2016
3412

Peres "Real" yangi yilda yangi unvonlar qo‘lga kiritishiga shubha qilmayapti

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres o‘zining Yangi yil tabrigida 2016 yilning “qirollik klubi” uchun omadli yil bo‘lishiga ishonishini ma'lum qildi.

Marca nashrining yozishicha, Peres “Real”ning yangi boshlangan yilda bir nechta sovrin yutishiga umid qilmoqda.

"Barcha-barchaga Yangi yilda sog‘liq, to‘kin-sochinlik va omad tilayman. Istaymanki, “Real”ga o‘zini aloqador deb bilgan har bir inson yangidan-yangi g‘alabalar, sovrinlar bilan xursand bo‘lsin. Ishonchim komil, yangi yilda biz yangi unvonlarga ega chiqamiz. Bizda bunga salohiyati yetadigan kuchli jamoa bor. Jamoa ishqibozlarini quvontirish uchun yangi yilda qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Biz va'da qilamizki, kim "Real" futbolkasi va ramzini tanlasa, u jamoadan faxrlana oladi", - deydi Peres.

Top