19:25 / 01.01.2016
21730

Dayjyest: 2016 yil uchun oshirilgan va tushirilgan soliqlar hamda to‘lovlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Ushbu Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yilning 27 noyabrida qabul qilingan va Senat tomonidan 2015 yilning 4 dekabrida ma'qullangan edi.

Qonunga muvofiq, saylov qonunchiligi, bir qator kodekslar va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Yangi Qonun hujjati bilan bu havolada PDF shaklida tanishish mumkin. Quyida bu o‘zgarishlar haqida:


O‘zbekistonda benzin narxi 45 so‘mga oshdi


O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2016 yilda benzin iste'moli solig‘i oshiriladi. Bu esa o‘z-o‘zidan benzin narxlari oshishini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda benzin solig‘i oshirildi

1 yanvardan O‘zbekistonda benzin narxi oshishi tasdiqlandi

O‘zbekistondagi AYoQShlarda benzin narxlari yangilandi

 

Eski avtomobillar sotib olishdagi yo‘l to‘lovlari oshirildi


Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari stavkalari unifikatsiya qilindi

 

1 yanvardan O‘zbekistonda minimal soliq stavkasi 7.5 foizga teng

2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda minimal daromad solig‘i miqdori 1 foizga tushiriladi

Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i hajmi kamaytirildi

 

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

Adliya vazirining 22 dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

 

O‘zbekistondagi mobil operatorlarning abonentlar uchun to‘lovlari oshirildi

Yangi yildan uyali aloqa kompaniyalari har bir abonentga oyiga 1500 so‘mdan to‘laydi, demak abonent to‘lovlari o‘rtacha 3 sentdan 7 sentgacha oshadi.

O‘zbekistondagi mobil operatorlar yangi yildan hukumatga har bir abonent uchun 1500 so‘mdan pul to‘laydi

 

Tabiiy gaz realizatsiyasidagi investitsion ustamalar belgilandi


O‘zbekiston rahbari “O‘ztransgaz” AK tabiiy gazni avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga realizatsiya qiladigan ulgurji narxlar uchun yangi investitsion ustamalarni belgilab berdi.

Endilikda investitsion ustama 1 kub.m ga 500 so‘mni tashkil qiladi

 

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri chop etiladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri chop etiladi

Top