20:38 / 01.01.2016
15452

Dubaydagi yonayotgan mehmonxona fonida selfiga tushgan juftlik internet bahs-munozarlari markazida bo‘ldi

Yosh juftlik mehmonxona butunlay olov ichida qolganida suratga tushishgan. «Instagram»da uni «Yangi yil bilan, qimmatli Dubay» izohi bilan joylashtirishgan.

Birinchi izoh qoldirgan foydalanuvchi bu internetdagi eng noo‘rin selfi bo‘lganini aytgan. Boshqa foydalanuvchilar esa, suratni darhol o‘chirib tashlashni talab qilishgan.

Ayni vaqtda «Tvitter»da selfi ixlosmandlari ularni «2016 yilning birinchi tentaklari» deb nomlashgan. Ularning bu qilgan ishini uyatga yo‘yishgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida joylashgan Address Downtown mehmonxonasida katta yong‘in kelib chiqqan edi.

Top