09:21 / 02.01.2016
6146

El Chiringuito: "Real" yozda Ronaldu, Benzema, Ramos, Kroos va yana 5 futbolchini sotib yubormoqchi

"Real" prezidenti Florentino Peres mavsum tugagach jamoada katta o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi.

La Sexta telekanalining El Chiringuito dasturida xabar qilinishicha, birinchi navbatda jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites iste'foga chiqariladi.

Bundan tashqari, Peres transfer qiymati 200 million yevroni tashkil qiladigan 9 nafar futbolchisini sotishni rejalashtirmoqda. Klub Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosni 60 va 40 million yevroga sotmoqchi. Shuningdek, madridliklar safini Karim Benzema, Toni Kroos, Xese, Isko, Alvaro Arbeloa, Keylor Navas va Denis Cherishev tark etishi mumkin.

Manbada aytilishicha, "Real" yozda David De Xea ("MYu"), Robert Levandovski ("Bavariya") va Eden Azarni ("Chelsi") sotib olishi mumkin.

Top