01:20 / 03.01.2016
43917

2015 yilning «eng-eng» mashinalari

Eng arzon – “Bajaj Qute”. Hindistonning “Bajaj Auto” firmasi mahsuloti Hindistonning yana bir avtomobili “Tata Nano”dan eng arzon avtomobil unvonini tortib oldi. Ichki bozorda yangi mashina deyarli ikki ming dollarga tushadi («Nano» – kamida uch ming dollarga).

“Bajaj” yangi mahsulotini dunyoning 16 mamlakatiga eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Eng qimmat – “Ferrari 290 MM”. 

2015 yilning eng qimmat mashinasi 1956 yilda “Formula-1”ning besh karra chempioni Xuan-Manuel Fanxio uchun ishlab chiqarilgan “Ferrari 290 MM” poyga avtomobili bo‘ldi. U “RM Auctions” auksionida 28,05 million dollarga sotildi. 

“290 MM” modelida atigi to‘rt dona mashina chiqarilgan bo‘lib, u dunyodagi eng qimmat mashinalar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi: birinchi o‘rinda 1962 yilda ishlab chiqarilgan “Ferrari 250 GTO Berlinetta” turadi. U 2014 yil avgustida “Bonhams” auksionida 38,115 million dollarga sotilgan.

Eng drifter xot-xetch – “Ford Focus RS”. 

Yangi “Focus RS” to‘liq tortuvchi va eng tezyurar “RS” modelidir. Drift-rejim barcha g‘ildiraklarga tortish kuchini teng taqsimlab beradi. 

“Focus RS”ni 350 ot kuchiga ega turbo motori harakatga keltiradi (4,7 soniyada tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi). 

Eng "qaynoq" xetchbek – “Mercedes-AMG A45”. 

2015 yilda A-klassidagi “AMG-versiya” dunyodagi eng kuchli xot-xetch nomini qaytarib oldi – ikki litrli turbomotor yangilanishdan so‘ng 381 ot kuchiga ega bo‘ldi. Mashina 4,2 soniya ichida soatiga 100 kilometr tezlikka chiqadi.

“A45 AMG” ilgari ham eng kuchli xot-xetch hisoblanar, lekin keyinroq o‘rnini 367 ot kuchiga ega dvigatelli “Audi RS3”ga bo‘shatib bergandi.

Eng sekinyurar – “Google”ning haydovchisiz avtomobili prototipi .

“Google”-mobil bejizga bu nomga ega bo‘lmadi – o‘tgan oyda politsiya avtomobilni juda sekin harakatlanganligi uchun to‘xtatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, politsiyachi uning tajriba mashinasi ekanligini bilmagan. Mashina tezligi ataylab soatiga 40 kilometrdan oshmaydigan qilib ishlangan.

Eng hashamatli – “Rolls-Royce Dawn”.

“Rolls-Royce”ning asosiy yangiligi va 2015 yilning eng hashamatli avtomobili – to‘rt o‘rinli “Dawn” kabrioleti. Ohista ochiladigan yig‘ma tom 22 soniya ichida ovozsiz yig‘iladi. Audiotizim 16ta dinamikdan iborat, teplovizor uskunasi yo‘ldagi odamlar va jonivorlarni ajrata oladi.

“Rolls-Royce” 6,6 litrli 563 ot kuchiga ega V12 motori bilan jihozlangan.  

Eng uzun – “Mercedes-Maybach Pullman”.

“Mercedes-Maybach” turkumi 2015 yilda “Pullman” modeli bilan boyidi. Uning o‘lchami mashinani yilning eng uzun mashinasiga aylantirdi: uzunligi 6499 millimetr.

Salonning orqa qismida to‘rtta o‘rindiq joylashgan (bir-biriga qarama-qarshi o‘rnatilgan ikkitadan o‘rindiq). 

Eng ko‘p eshikli – “MINI Clubman”.

Ilgarigi “Clubman”da orqa o‘rindiqqa o‘tish uchun atigi bitta yordamchi eshik bo‘lgan bo‘lsa, yangisiga to‘rtta eshik o‘rnatildi. Yukxonasida ham ikkita eshik joylashganligi «Klabmen»ni yilning eng ko‘p eshikli mashinasiga aylantirdi.

Ha, endilikda uning eshiklari oltitaga yetdi. 

Eng so‘nggi – “Land Rover Defender”.

«Def» 2015 yilda ishlab chiqarishdan olib tashlangan eng eski modeldir. “Land Rover” bu afsonaviy mashinani 67 yildan so‘ng “nafaqa”ga kuzatdi.

Ushbu fotosuratdagi ikki millioninchi mashina auksionda sotildi uni qatarlik noma'lum xaridor yarim million yevroga sotib oldi. 

Eng ekologik – “Toyota Mirai”.

Rasman ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng “Toyota” “Mirai” modeli uchun bir yarim mingta buyurtma qabul qildi. Bu avtomobil vodorodda yuradi.  

Avtomobilga siqilgan vodorod to‘ldiriladigan bak, yoqilg‘ibo‘linmasi va elektrmotor o‘rnatilgan. 153 ot kuchiga ega dvigatelni vodorod va kislorodning o‘zaro kimyoviy reaksiyasi asosida paydo bo‘lga quvvat harakatga keltiradi.

Nyurburgringdagi eng tezyurar – “Lamborghini Aventador SV”.

«Aventador»ning “SuperVeloce”-versiyasi Nyurburgring halqasini 6 daqiqa 59,73 soniya ichida aylanib chiqdi. 

Shu tarzda 750 ot kuchiga ega “Aventador” Nyurburgringdagi eng tezyurar avtomobilga aylandi.

Eng qudratli – “Koenigsegg Regera”.

Jyeneva avtosalonida bahorda namoyish etilgan “Koenigsegg Regera” gibridi yilning eng qudratli va tezyurar avtomobili deb e'tirof etildi. Bu superkar 1500 ot kuchiga ega bo‘lib, tezligini 20 soniya ichida soatiga 400 kilometrga yetkaza oladi.

“Regera”ga besh litrli V8 tvin-turbo motori, litiyli batareyalar va uchta elektromotor o‘rnatilgan. Bundan tashqari, unda uzatmalar qutisi yo‘q.

Manba: Xabardor.uz

Top