12:33 / 06.01.2016
30837

Internetda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining bouling o‘ynash jarayoni aks etgan video paydo bo‘ldi

Internetda 10 yilcha muqaddam tushirilgan eksklyuziv videorolik paydo bo‘ldi. Unda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi prezidenti Asqar Aqayevning Chimbuloq kurort zonasida bouling o‘ynashi ko‘rsatilgan.

Foydalanuvchilar ayrim jihatlarga ko‘ra video 10 yilcha muqaddam olingan, deb taxmin qilmoqda. Prezidentlar do‘stona muhitda bouling o‘ynashi lavhada aks etgan. Rolik yakunida o‘yinni kuzatib turganlar prezidentlarni olqishlaydi.

Top