15:56 / 07.01.2016
17207

Kafe mijozlari 5ta qahvaga pul to‘lab, 2ta qahva ichishdi

Ushbu voqeani buyuk rejissyor Federiko Fellinining hamkori, shoir, yozuvchi va ssenariynavis Tonino Guerra hikoya qilib bergan.

Bir do‘stim meni kafega taklif qildi. Vokzal yonidagi kafega kirdik. Oddiy, eshiklari ochiq turadigan kafe, yoz, issiq. Bizdan oldin ikki kishi kirdi va shunday dedi:
“5ta qahva, 2tasini hozir ichamiz, 3tasi havoda muallaq qolsin”. Ular rostanam 5ta qahvaga pul to‘lab, 2ta ichishdi.

Men do‘stimdan bu “muallaq” qahva nimaligini so‘radim. “Qarab tur”, - dedi u.
Shundan so‘ng qizlar kirdi, qahva ichib chiqib ketishdi; so‘ng uch advokat kirdi va 7ta qahva buyurtma qildi:

“3tasini ichamiz, 4tasi muallaq qoladi”.

Ulardan keyin kirgan yosh yigit ham 2ta qahva buyurtma qilib, 1tasini ichdi, lekin 2taga to‘ladi. Shu tariqa, biz do‘stim bilan u yerda peshingacha qolib ketdik. Eshik ochiq edi, men quyosh taftlari ostida qolgan maydonga qarab o‘tirardim, shu payt eshikka yaqinlashayotgan soyani ko‘rdim. Bar eshigi oldiga bir kambag‘al odam yaqinlashib, “Muallaq qahva bormi?”, deb so‘radi.

Hammasi juda oddiy bo‘lib chiqdi: odamlar qahva uchun oldindan pul to‘lardi, qahva sotib olishga qurbi yetmaganlar uning saxovati ila bu qaynoq ichimlikka ega bo‘lardi.

Top