20:13 / 13.01.2016
7948

FMX: Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni 1,8 millionga tushgan

2016 yilning 12 yanvar kuni holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida 1,8 mln nafar atrofidagi o‘zbekistonlik borligi qayd etilgan.

Bu shuni ko‘rsatadiki, Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni mamlakat iqtisodiyotidagi pasayishlarga mos ravishda kamaymoqda.

2015 yilning noyabr oyida Rossiya hududida 1,9 mln nafar atrofida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mehnat muhojirlari borligi qayd etilgandi.

Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish tufayli o‘zbekistonliklardan tashqari, tojikistonlik mehnat muhojirlari sonida ham kamayish kuzatilmoqda. YeOII tarkibidagi Qirg‘iziston fuqarolarining Rossiyaga ishlash uchun borish ko‘rsatkichlari esa ortgan.

Rossiya federal migratsiya xizmati (FMX) rahbari Konstantin Romodanovskiy so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy inqirozga qaramasdan Rossiya xorijlik mehnat muhojirlari uchun "jozibadorligi"ni saqlab qolmoqda. Ayni vaqtda Rossiya hududida 1,5 million nafardan ortiq xorijlik qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top