21:19 / 13.01.2016
4580

Tojikistonda Tosh, Sopol, Zog‘, Bo‘ri singari ismlar taqiqlandi

Tojikistonda bolalarga “ularni tahqirlovchi” ismlar qo‘yish taqiqlandi, deb xabar bermoqda mahalliy matbuot.

“Fuqarolik holati aktlarini davlat tomonidan ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar bugun, 13 yanvar kuni mamlakat parlamenti deputatlari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. O‘zgartishlar yangi tug‘ilgan bolalarga ism tanlash jarayonini tartibga solishni ko‘zda tutadi.

Endilikda bolalarga Sang (tosh), Safol (sopol), Zog‘ (zog‘), Gurg (bo‘ri) singari ismlar qo‘yish taqiqlanadi.

Shuningdek, bundan buyon rasmiy hujjatlarda taxalluslardan foydalanish taqiqlanadi.

Top